Kurtua «Yuventus» mag‘lub etilganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Yuventus»ga (1:0) qarshi o‘yinga o‘z munosabatini bildirdi.
«Qo‘lga kiritilgan g‘alabadan juda mamnunmiz. O‘yinda har ikki jamoa darvozasi oldida ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi va hech ikkilanmay e’tirof etishim mumkinki, bu safar ham muvaffaqiyatga erishish uchun ancha ter to‘kishga to‘g‘ri keldi!
Balki bizga o‘yin ritmiga chidash biroz yetishmagandir. Murabbiy vingerlarimizning kengroq o‘ynashini xohladi – u tanaffus paytida bizga bu haqda gapirdi. Odatda men so‘nggi himoyachi bo‘lib, juda «baland» o‘ynash vazifasiga rozi bo‘lishimga to‘g‘ri keladi,» – deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
«Real» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida 9 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. «Yuventus» esa 25 pog‘onada bormoqda – 2 ochko.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/