Kurtua: «Har bir o‘yinga jiddiy qaraymiz»
«Real Madrid» darvozaboni Tibo Kurtua jamoaning Chempionlar ligasi o‘yinlari va boshqa turnirlarga munosabatida farq bormi, degan savolga javob berdi.
Seshanba kuni Karlo Anchelotti shogirdlari eng nufuzli yevrokubok turnirining chorak finali birinchi o‘yinida «Arsenal»ga qarshi safarda o‘ynaydi.
Londonga jo‘nab ketishidan biroz oldin «los-blankos» La Liga doirasida «Valensiya»ga qarshi o‘yinda o‘z maydonida mag‘lub bo‘ldi (1:2).
«Real Madrid» Chempionlar Ligasida o‘zgaradimi? Menimcha, sezilarli farq yo‘q. Bu shunday tuyulishi mumkin, chunki Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi, adrenalin ko‘proq, lekin biz har bir o‘yinga jiddiy qaraymiz”, dedi Kurtua matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/