YECHL. «Qayrat» — «Pafos» uchrashuvi uchun asosiy tarkiblari e’lon qilindi
Qozog‘istonning «Qayrat» va Kiprning «Pafos» jamoalari Liga chempionlari umumiy bosqichining uchinchi turidagi bahs uchun asosiy tarkiblarini ma’lum qildi.
YECHL, 3-tur. 21:45
«Qayrat» — «Pafos»
«Qayrat»: Anarbekov, Tapalov, Martinovich, Sorokin, Luish Mata, Arad, Gleyzer, Mrinskiy, Jorjinyo, Gromiko, Satpayev.
«Pafos»: Neofitos, Pileas, David Luis, Lukassen, Bruno, Shunich, Pepe, Orshich, Dragomir, Kina, Joau Korreya.
«Qayrat» — «Pafos» uchrashuvi Olmaotada bo‘lib o‘tadi va Qozog‘iston vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Rafael Urazbaxtin shogirdlari asosiy bosqichni Portugaliyadagi «Sporting»ga qarshi mehmondagi 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan, keyin esa o‘z maydonida Ispaniyaning «Real» jamoasiga 0:5 hisobida yirik tarzda yutqazgan.
«Pafos» esa umumiy bosqichda mehmonda Gresiyaning «Olimpiakos» jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan, o‘z maydonida esa Germaniyaning «Bavariya» klubiga 1:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
Manba: stadion.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/