Qozog‘istonda «Qayrat»ning «Real»ga qarshi o‘yiniga 4-5 ming sayyoh kelishi kutilmoqda

Qozog‘istonda Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga yo‘l olgan Olmaotaning «Qayrat» va Ispaniyaning «Real» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga 4-5 ming sayyoh kelishi kutilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov parlamentning ikkala palatasi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qildi.

«Real»ga qarshi o‘yinda UYEFAning o‘z kvotalari bor. Taxminan 4-5 ming sayyohni kutyapmiz,» – dedi vazir.

«Qayrat» – «Real» uchrashuvi 30 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. «Qayrat» Chempionlar ligasining asosiy bosqichida ilk bor maydonga tushadi. Qozog‘iston jamoalaridan faqat «Astana» 2015 yilda bunga muvaffaq bo‘lgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter