«Arsenal»ning APLda chempion bo‘lish imkoniyati yuqorilab ketdi – Opta

«Arsenal» Opta talqiniga ko‘ra APLning asosiy favoriti maqomini yanada mustahkamladi.

Jamoa jadvalda peshqadamlikni davom ettirib, «Manchester Siti»dan uch ochko, «Liverpul»dan to‘rt ochko oldinda turibdi.

Opta superkompyuteri mavsumning qolgan qismini 10 000 marta simulyasiya qildi va natijalarning 51,74 foizida «to‘pchilar» g‘olib bo‘lishdi. «Liverpul»ning imkoniyatlari 8-turda «Manchester Yunayted»ga yutqazgandan so‘ng (1:2) 21,61 foizgacha tushib ketdi.

«Man Siti»ning chempionlikka erishish ehtimoli 16,7 foiz, «Chelsi»niki – 4,05 foiz, «Kristal Pelas»niki – 1,57 foiz, «Bornmut»niki – 1,07 foiz, «Aston Villa»niki – 0,92 foiz, «Nyukasl»niki – 0,63 foiz, «Tottenxem»niki – 0,45 foiz, «Manchester Yunayted»niki esa 0,15 foiz deb baholandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter