«Milan» yangi homiylik shartnomasi imzoladi

Italiyaning «Milan» klubi Q8 kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini imzoladi – u klub transportini yoqilg‘i bilan ta’minlaydi.

«Milan» rasmiy yoqilg‘i yetkazib beruvchi sifatida Q8’ni o‘z hamkorlari ro‘yxatiga kiritganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Innovasiya va taraqqiyot – yangi hamkorligimizning asosi,» – deyiladi klub press-relizida.

Q8 kompaniyasi 1984 yilda tashkil etilgan va yirikroq Kuwait Petroleum International korxonasining filiali hisoblanadi. Italiya chempionatining yangi mavsumi shu hafta oxirida boshlanadi. «Milan» birinchi turda «Kremoneze»ga qarshi o‘ynaydi, bu 23 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter