«MYU» Maynuning maoshini oshirishga tayyor
«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Kobbi Maynu bilan shartnomani yaxshilangan shartlar asosida uzaytirmoqchi. Bu haqda Daily Star xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yangi kelishuvga ko‘ra, 19 yoshli futbolchining maoshi to‘rt baravar ko‘payadi va haftasiga 93 ming yevroga etadi. Maynu Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatidan so‘ng shartnoma imzolashi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Maynu «Manchester Yunayted» safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali angliyalik futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/