Bernardeski muxlislardan shikoyat qildi

«Bolonya» yarim himoyachisi Federiko Bernardeski «fentezi» futbolning uning hayotiga ta’siri haqida gapirdi.

Italiyaning Trento shahrida 8-«Dello Sport» festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bernardeski tadbir mehmonlaridan biri bo‘lib, u «fentezi» futboli haqidagi fikrlarini muhokama qildi.

“O‘sha la’nati Fantakalsio (Italiya A Seriyasi fentezisi), o‘sha o‘yin tufayli men ko‘plab haqoratlarga duchor bo‘ldim. Avvaliga hamma sizni maqtaydi, keyin esa barcha tanqidlar sizning ustingizga tushadi.

Gol urmasak, darrov futbol o‘ynashni bilmasga chiqamiz», dedi Bernardeski.

Ushbu italiyalik yarim himoyachi joriy mavsum A Seriyaning 5 ta o‘yinida 0+0 ko‘rsatkichiga ega.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter