Dalich: «Xorvatiya butun o‘yin davomida kurashdi, biz uchun durang kifoya»
Zlatko Dalich JCH-2026 saralashida Xorvatiyaning Chexiyaga qarshi o‘yiniga (0:0) baho berdi.
«Kecha men bu o‘yin oxirgisi kabi bo‘lmasligini aytgandim (Iyun oyida Xorvatiya Chexiyani 5:1 hisobida mag‘lub etgandi – muallif). Chexlarga bizdan o‘tib ketish uchun uch ochko kerak edi.
Butun o‘yin davomida kurashdik, durang ham yetarli bo‘ldi. Biz qo‘limizdan kelganini qildik», – dedi Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/