Dalich: «Bizda federasiya kichkina, shu sababli shunday narsalar sodir bo‘lmoqda»
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich o‘z jamoasining Italiya bilan o‘yindagi omadsizligiga izoh berib, katta amaldorlar unchalik katta bo‘lmagan mamlakatning Bolqon jamoasidan ko‘ra italiyaliklarni afzal ko‘rishiga sha’ma qildi.
Italiyaning xorvatlar bilan o‘yinida pley-offning ikkinchi yo‘llanmasi taqdiri hal bo‘ldi va u italiyaliklarga nasib etdi. Hozir xorvatlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan yagona narsa – boshqa guruhlardagi omadli vaziyat.
«Biz kichik davlatmiz, kichik federasiyamiz. Uchrashuvga qo‘shib berilgan sakkiz daqiqani tasavvur qilib bo‘lmaydi. Futbolchilar va muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Futbol shafqatsiz bo‘lishi mumkin», – dedi Dalich.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/