Jazoir terma jamoasi Somalini yirik hisobda mag‘lub etib, JCH yo‘llanmasiga ega chiqdi

Jazoir terma jamoasi JCH–2026 saralash bosqichining 9-turida Somalini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, Jazoir «G» guruhida peshqadamlikni ta’minladi (22 ochko) va AQSH, Kanada hamda Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘l oldi.

Uchrashuvda hisobni Germaniyaning «Volfsburg» klubi hujumchisi Muhammad Amura oltinchi daqiqada ochdi. 19-daqiqada «Al-Ahli» forvardi Riyad Mahrez jamoasi ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘limda, 56-daqiqada Amura ikkinchi golini urdi va hisobni 3:0 qilib belgiladi.

Bundan avval Afrika qit’asidan JCH–2026 musobaqasiga Marokash, Tunis va Misr terma jamoalari ham yo‘llanma olgan edi.

Jahon chempionati–2026 musobaqasida jami 48 ta milliy jamoa ishtirok etadi. Ular 12 ta guruhga bo‘linadi — har bir guruhda to‘rttadan jamoa bo‘ladi. Pley-off bosqichiga har bir guruhdan ilk ikki o‘rinni egallagan termalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni olgan eng yaxshi sakkiz jamoa yo‘l oladi. Shuningdek, mazkur chempionatda ilk bor yangi bosqich — 1/16 final joriy etiladi.

Jahon chempionati–2026 saralash. Afrika. «G» guruhi. 9-tur
Somali — Jazoir 0:3
Gollar: 0:1 — Amura (6′), 0:2 — Marez (19′), 0:3 — Amura (58′)

Manba: stadion.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter