Nikolas Pas yana A Seriyada e’tirofga sazovor bo‘ldi
«Komo»ning argentinalik hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas Italiya chempionatining sentyabr oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
O‘tkazilgan to‘rtta o‘yinda u ikkita gol urdi va sheriklariga ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Pas uchun bu ketma-ket ikkinchi shunday mukofot. Bundan tashqari, u avvalgi mavsum yakunlariga ko‘ra ham eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgan edi.
Umuman olganda, Pas bu mavsumda A Seriyaning oltita o‘yinida uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. «Komo» olti turda to‘qqiz ochko to‘pladi va Italiya chempionati jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/