Gari Lineker: «Messi tarixdagi eng yaxshi maydonni ko‘rish va pas berish hissiga ega. U yana gollar ham uradi”

Gari Lineker Lionel Messining o‘yiniga yana bir bor qoyil qoldi.

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Messi «Barselona»da o‘ynab, bir kalendar yilida 91 ta gol urgan davrning eng muhim voqealarini esladi.

“Eng yaxshi maydonni ko‘rish va pas berish hissi. U yana gollar ham uradi”, – deb yozdi Lineker tvitterda.

Ayni vaqtda argentinalik futbolchi faoliyati davomida klub va terma jamoa safida 1062 ta o‘yin o‘tkazib, 835 ta gol urgan va 372 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter