Yaponiya futbol federasiyasi texnik direktori samolyotdagi voqea uchun shartli qamoq jazosini oldi

Yaponiya futbol federasiyasi texnik direktori samolyotda bolalar pornografiyasini tomosha qilgani uchun shartli qamoq va 5 ming yevro jarimaga tortildi.

Jamoa bilan U-20 Jahon chempionatiga uchgan 58 yoshli Masanaga Kageyama kadrlar neyrotarmoq tomonidan yaratilganini va Fransiyada bunday kontent noqonuniy ekanligini bilmaganini aytib, o‘zini oqlagan.

Yaponiya U-20 jamoasi Chilida davom etayotgan JCHda guruh bosqichidagi barcha 3 ta o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi – Misr (2:0), Chili (2:0), Yangi Zelandiya (3:0) hisobida taslim qilindi. Ular 1/8 finalda Fransiya bilan to‘qnash keladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter