Shvesiyalik vinger: «Barsa»da o‘ynash orzum edi»
«Barselona» vingeri Runi Bardji klubda o‘ynashni orzu qilganini aytdi. Shvesiyalik o‘tgan yozda Daniyaning «Kopengagen» klubidan «ko‘k-anorranglilar» safiga qo‘shilgandi. 19 yoshli futbolchi La Ligada Xans-Diter Flik jamoasi safida 4 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi.
«Men har doim «Barselona»ga o‘tishni orzu qilardim. Men shunchaki bir kun kelib bu yerda bo‘lishimga ishonishim kerak edi,» – deya Bardjining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
18 oktyabr kuni Kataloniya grandi navbatdagi o‘yinini «Jirona»ga qarshi o‘tkazadi. Ayni paytda amaldagi chempionlar Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/