«Barselona» Bardji va Bernalni YECHL qaydnomasiga kiritdi. Ular qaysi raqamda o‘ynashi ham ma’lum
«Barselona» yangi mavsum uchun YECHL qaydnomasiga o‘zining yosh futbolchilari vinger Runi Bardji va tayanch yarim himoyachisi Mark Bernalni ham kiritdi.
Shvesiyalik 19 yoshli Bardji 28-raqamda, 18 yoshli ispaniyalik Bernal esa 22-raqamda ro‘yxatdan o‘tkazildi.
YECHL 1-turida «Barselona» 17 sentyabr kuni «Nyukasl» mehmoni bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/