«Qayrat» darvozaboni Kalmurza ta’lim granti oldi

Sherxan Kalmurza ta’lim grantiga ega bo‘ldi.

Qozog‘iston Respublikasi fan va oliy ta’lim vaziri Sayasat Nurbek «Qayrat» darvozaboni, Qozog‘iston sport va turizm akademiyasi talabasi bilan uchrashdi.

Tengdoshlariga dalda va namuna sifatida pullik asosda tahsil olayotgan 18 yoshli futbolchiga rektorlik ta’lim granti topshirildi.

Sherxan Kalmurza ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirib, bundan keyin ham mehnat qilish va Qozog‘istonda futbol rivojiga hissa qo‘shish niyatida ekanligini ta’kidladi.

Bungacha Chempionlar ligasi doirasida «Real»ga qarshi kechgan o‘yin (0:5) fonida Kalmurza qozog‘istonlik tadbirkordan Exeed avtomobilini sovg‘a sifatida olgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter