Buffon Italiyaning JCH-2026’ga chiqish imkoniyatini baholadi
«Yuventus», «Parma» va Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluidji Buffon o‘z terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari haqida gapirdi.
«Biz 90 foizga pley-offga chiqamiz. Qolgan o‘yinlarda so‘nggi paytlarda qo‘lga kiritgan ijobiy jihatlarimizni namoyish etishimiz kerak. Odamlar va ommaviy axborot vositalari bizga ishonishi kerak – biz futbolga bo‘lgan mehrimizni ko‘rsatishimiz kerak», – deya Buffonning so‘zlarini keltiradi Goal.com.
JCH-2026 saralashida o‘tkazilgan to‘rtta o‘yindan so‘ng Italiya o‘z guruhida to‘qqiz ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Norvegiya terma jamoasi beshta uchrashuvdan keyin 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/