Buffon «Barselona»ga o‘tmaganidan afsuslanganmi?
Italiyalik afsonaviy sobiq darvozabon Janluidji Buffon «Parma»da o‘ynab yurgan vaqtlari unga «Barselona» qiziqish bildirganini esladi.
«23 yoshimda «Parma»da o‘ynab yurgan vaqtimda, «Barcelona» men bilan qiziqdi, men otam va agentimdan hamma narsani hal qilishlarini so‘radim, lekin oxirida men «Yuventus»ga o‘tishga qaror qildim, chunki biz bir necha yillardan keyin Italiya chempionatida g‘alaba qozonishni maqsad qilgandik.
2015 yilda «Barselona»ga qarshi Chempionlar ligasi finalida mag‘lub bo‘lganimda, ertalab soat 5:30 edi, xotinim va men yig‘lar edik», – dedi Buffon La Gazette Dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/