«Atletiko» 2011/12 yilgi mavsumdan beri La Ligadagi eng yomon startini qayd etdi

«Atletiko» La Ligada so‘nggi yillardagi eng yomon startlardan birini amalga oshirdi.

«Matraschilar» Ispaniya chempionatining 8-turida safarda «Selta» bilan durang o‘ynadi (1:1).

«Atletiko» ochkolarini 13 taga yetkazib, 3 ta g‘alaba bilan turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Bu 2011/12 yilgi mavsumdan beri La Ligadagi dastlabki 8 o‘yindan keyin madridliklarning eng zaif natijasi. O‘shanda jamoa hisobida 12 ochko bor edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter