Buffonning o‘g‘li otasining debyutidan 30 yil o‘tib, A Seriya o‘yinida maydonga tushdi
Italiyalik darvozabon Janluiji Buffonning o‘g‘li – qanot hujumchisi Lui Tomas Buffon A Seriyada debyut qildi.
Kichik Buffon mehmonlar safida «Bolonya» – «Piza» uchrashuvining 77-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.
U vaqtda hisob 4:0 ko‘rinishida mezbonlar foydasiga hal bo‘layotgandi.
Kichik Buffon 17 yoshda. Uning otasi birinchi marta «Parma» safida Italiya chempionatida roppa-rosa 30 yil oldin – 1995 yilda debyut qilgan.
Olti turdan so‘ng «Piza» turnir jadvalida so‘nggi, 20-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hozircha 2025/2026 yilgi mavsumda biror marta g‘alaba qozona olgani yo‘q.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/