De Yongning «Barselona»dagi yangi maoshi ma’lum bo‘ldi

«Barselona» yarim himoya yetakchisi Frenki de Yong bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Relevo xabariga ko‘ra, 28 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2029 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvda yiliga 6 million yevro sof maosh olishi belgilangan. U klubda eng yuqori maoshlardan biri bo‘ladi.

De Yong 2019 yilda «Ayaks»dan 86 million yevro evaziga kataloniyaliklar safiga o‘tgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter