«Liverpul» afsonasi: «Virsni asosiy tarkibdan chiqarish kerak»
«Liverpul»ning sobiq himoyachisi, hozirda televideniye sharhllovchisi Jeymi Karrager mersisaydliklar jamoasining yangi a’zosi kutilgan natijani ko‘rsatmayotganini aytdi.
«Virs bu jihatdan alohida ajralib turadi. Florian hozircha o‘zining eng yaxshi holatida emas. Uning moslashishi uchun hali ko‘p vaqt bor, ammo hozir uni tarkibdan chiqarish kerak. Shundan so‘ng, «Liverpul» o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan o‘yiniga qaytadi. Hozir esa maydonda tartibsizlik hukm surmoqda,» – deya mutaxassisning so‘zlarini Sky Sports keltirmoqda.
Virs yozda «Bayer»dan «Liverpul»ga o‘tgan edi. Transfer summasi 125 million yevroni tashkil etgandi. Florian «qizillar» bilan besh yillik mehnat shartnomasini imzolagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/