Kompani: «ECHLda g‘alaba qozonish juda qiyin»

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoaning joriy Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlari haqida gapirdi.

Myunxenliklar turnirni ishonchli boshlab, avvaliga Angliyaning “Chelsi” jamoasini (3:1), keyin Kiprning “Pafos” jamoasini (5:1) mag‘lub etishdi.

«Birinchi o‘yin oldidan bizning orzuimiz finalga chiqish va g‘alaba qozonish ekanligini aniq aytgandim. Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish juda qiyin. Turnir endigina boshlandi – keyingi o‘yinda qanday g‘alaba qozonish haqida o‘ylashimiz kerak», – dedi Kompani seshanba kungi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter