Mbappe: «Yanada samarali bo‘lishim kerak»

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi umumiy bosqichidan o‘rin olgan «Qayrat» (5:0) ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. Hujumchi o‘yinda xet-trik qayd etdi.

«Biz bugun juda yaxshi edik, ammo o‘tgan dam olish kunlari sodir bo‘lgan voqealarni hech qachon unutmaymiz. Biz ancha yaxshilanishimiz, takomillashishimiz kerak. Men kabi futbolchi uchun 5 ta gol urish imkoniyati bo‘lsa, 3 ta emas, 5 ta gol urishim kerak. Men har doim ko‘proq narsani xohlayman, shuning uchun bu klub men bilan shartnoma imzoladi. Men yanada samaraliroq bo‘lish uchun harakat qilaman», – deya Mbappening so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter