«Qayrat» himoyachisi – «Real»ga qarshi o‘yin oldidan: «Rohatlanishni istayman»

Qozog‘istonning «Qayrat» klubining tajribali himoyachisi Aleksandr Martinovich Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi o‘yindan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.

«Bu biz kutgan katta o‘yin. Maydonga chiqib, futboldan, 100 foiz ajoyib bo‘ladigan atmosferadan zavq olishni xohlayman. Rohatlanishni istayman,» – deb izoh berdi 38 yoshli futbolchi Qsport efirida.

«Qayrat»ning «Real»ga qarshi o‘yini 30 sentyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter