«Real Sosyedad» ustozi «Barselona»ni mag‘lub etish sirini aytdi

Ispaniyaning «Real Sosyedad» klubi ustozi Serxio Fransisko «Barselona»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Albatta, ular har uch kunda o‘ynashga o‘rganib qolishgan, lekin biz ham shunday o‘ynay olamiz. O‘yinda o‘z imkoniyatlarimiz bo‘ladi, chunki «Barselona»da allaqachon qiyin o‘yinlar bo‘lgan. Biz kuchli bo‘lishimiz va imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslikka harakat qilishimiz kerak», – deya Fransiskoning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Ispaniya La Ligasining 7-turidan o‘rin olgan «Barselona» – «Real Sosyedad» uchrashuvi bugun, 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti – Toshkent vaqti bilan 21:30 da.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter