“Real” uchun noqulay raqib

Madridning “Real” klubi so‘nggi yetti uchrashuvning faqat bittasida “Atletiko”ni mag‘lub etgan.
Kecha La Liganing 7-turida Xabi shogirdlari 2:5 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

2024 yilning 18 yanvaridan buyon bu ikki klub turli musobaqalarda yetti marta to‘qnash kelishgan. 2024/25 yilgi Chempionlar ligasida «Real Madrid» 1/8 finalning birinchi o‘yinida g‘alaba qozondi, javob o‘yinida asosiy vaqtda mag‘lub bo‘ldi va penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi.

La Ligada «Atletiko Madrid» uchta o‘yinda durang o‘ynadi va bitta g‘alabaga erishdi, shuningdek, Ispaniya Kubogida ham g‘alaba qozondi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter