Konte: «Bu o‘yin oson bo‘lmadi»

«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte Italiya A seriyasining 4-turida «Piza» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

Amaldagi chempion 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

«G‘alaba hech qachon oson kelmaydi. Bu o‘yin oson bo‘lmadi va mavsumni ketma-ket to‘rtta g‘alaba bilan boshlaganimizdan xursandmiz.

O‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatdan so‘ng jamoamizdan katta umidlar bor», – deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi jurnalist Janluka Di Marsio sayti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter