Niderlandiya chempionatida markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Niderlandiya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda Eyndxovenning «PSV» hamda “Ayaks” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.
Mezbonlar yettinchi daqiqada Ismoil Saybarining goli evaziga oldinga chiqib olishdi. Kennet Teylor 31-daqiqada penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi (1:1).81-daqiqada Yarek Gasiorovski mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 88-daqiqada Oskar Glux hisobni tenglashtirdi.
«PSV» ikkinchi o‘rinda, «Feyenoord»dan ikki ochko ortda.
“Ayaks” peshqadamdan 4 ochko ortda qolmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/