Sanches «Sevilya» safida gol urgan eng yoshi katta futbolchilar uchligiga kirdi
Ispaniya chempionatida 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda, «Sevilya» shimolga, Basklar mamlakatiga safar qildi va u yerda «Alaves»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba golini chililik hujumchi Aleksis Sanches kiritdi, u o‘tmishda hatto Kataloniyaning «Barselona»sida ham o‘ynashga ulgurgan, bu mavsumdan esa Andalusiyada o‘ynamoqda.
36 yosh 275 kunligida gol urgan Sanches «Sevilya» safida La Ligada gol urgan uchinchi eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Ushbu jadvalda 38 yoshu 298 kunligida gol urgan Xesus Navas va 38 yoshga to‘lgan kuni gol urgan Serxio Ramos yetakchilik qilmoqda.
Chempionatning navbatdagi turida «Sevilya» o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/