Benatiya: «Ikkinchi penaltidan norozi bo‘ldim»
Medxi Benatiya «Marsel» – «Real» uchrashuvida belgilangan ikkinchi penaltidan norozi.
Chempionlar ligasining 1-turida Madrid klubi g‘alaba qozondi (2:1). «Real»ning ikkala goli ham penaltidan kiritildi, Kilian Mbappe ikkita gol urdi.
Ikkinchi penalti 79-daqiqada Vinisius Juniordan to‘pni olib qo‘yishga uringan Fakundo Medinaning qo‘liga tekkanidan keyin belgilandi.
«Bu biroz qattiq penalti. Bu o‘ylab topilgan penalti demoqchi emasman, chunki biz qo‘l va to‘p o‘rtasida aloqa borligini ko‘ryapmiz. Lekin o‘yinchi «podkat» tashlagandi, u to‘pga o‘ynagandi…
Ko‘ryapmizki, u to‘pga o‘ynagan, yerga tushganida esa to‘p uning qo‘liga yengil tegib ketgan. Menimcha, bu juda keskin penalti. Men xato qilgan bo‘lishim mumkin, ammo bunday mag‘lubiyat biroz g‘azablantiradi», — dedi «Marsel» sport direktori.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/