Kris Uoddl: «Har bir o‘yinda kamida 10 ta penalti bo‘lardi»

Kris Uoddl «Siti» bilan derbida «Manchester Yunayted» darvozasiga belgilangan penaltidan norozi bo‘ldi.

«Yunayted» hujumchisi Rasmus Xyoylund birinchi bo‘limning o‘rtalarida o‘z jarima maydonchasida qanot himoyachisi Rodri bilan to‘qnash keldi va uni ushlab qolgach, ispaniyalik futbolchi yerga yiqildi.

VAR hakami Maykl Oliver o‘yin hakami Pol Tirnini takroriy lahzani ko‘rib chiqishga taklif qildi va shundan so‘ng hakam penalti belgilashga qaror qildi.

«Biz buni har bir o‘yinda ko‘ramiz – raqibni ushlab qolish tabiiy hol va bunda penaltilar berilmaydi. Har bir diviziondagi har bir o‘yinda odamlar jarima maydonchasida kurashadilar.

Agar shunga o‘xshash vaziyatga penalti berilaversa, har bir burchak va jarima zarbalari uchun har bir o‘yinda kamida 10 ta penalti bo‘lardi», – dedi Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter