«Barselona»ning sobiq forvardi Roke Braziliyada o‘ziga xos natija qayd etdi

«Palmeyras» hujumchisi Vitor Roke xet-trik qayd etdi va jamoasiga Braziliya A Seriyasida «Internasyonal»ni mag‘lub etishga yordam berdi (4:1).

20 yoshli futbolchi uchrashuvning 4, 24 va 43-daqiqalarida raqib darvozasini chap va o‘ng oyog‘i va boshi bilan ishg‘ol qildi. Opta xabariga ko‘ra, Roke Braziliya chempionatida birinchi bo‘limda «mukammal xet-trik» qayd etgan (2012 yildan beri) birinchi futbolchi bo‘ldi.

Vitor Roke joriy yilning fevral oyida «Barselona»dan «Palmeyras»ga ko‘chib o‘tgan edi. Transfer qiymati 25 mln yevroni tashkil etgan. Braziliya A Seriyasining joriy mavsumida yosh hujumchi 20 ta bahsda 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter