Ingoga «Barselona» – «Vilyarreal» o‘yini AQSHda bo‘lib o‘tishi yoqmayapti
Inigo Peres «Barselona» – «Vilyarreal» uchrashuvining AQSHda o‘tkazilishiga qarshi chiqdi.
«Rayo Valyekano» bosh murabbiyi jamoalar o‘rtasidagi La Liga o‘yini Mayami shahrida o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
«Menga La Liga uchrashuvining Mayamida o‘tkazilishi yoqmayapti.
Bu haqda gapirish oson, albatta, lekin biz bu zararli zanjirni uzish uchun hech narsa qilmayapmiz.
Agar pul ishlashda davom etishni va bundan foyda ko‘rishni istasangiz, bunga ko‘nishingizga to‘g‘ri keladi, ammo bu menga yoqmayapti,» – deya ta’kidladi Peres.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/