Klopp emas: Shakiri faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni aytdi

«Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda «Bazel» futbolchisi Jerdan Shakiri faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy haqida gapirdi.

«Men Pep Gvardiolani tanlayman. Taktika va o‘yin tuzilishi jihatidan u birinchi o‘rinda turadi. Gvardiola Myunxenda revolyusiya qilmoqchi edi. O‘ylaymanki, u o‘z g‘oyalarini amalga oshira oldi. Yana Xitsfeldni alohida ta’kidlamoqchiman. Bu boshqa davr mutaxassisi,» – deya 33 yoshli shveysariyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.

Eslatib o‘tamiz, Jerdan o‘tgan yili «Bazel»ga o‘tgan edi. Yevropada Shakiri «Bavariya», «Liverpul», «Inter» va boshqa klublarda o‘ynagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter