Ranyeri faoliyatidagi eng muhim klub qaysi ekanligini aytdi. U «Lester» emas

2016 yilda italiyalik mutaxassis Klaudio Ranyeri «Lester» bilan misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatga erishib, klubni Angliya chempionatida g‘alabaga olib chiqdi. Shu tariqa, u avvalroq Angliya chempionatida eng yaxshi holatda 9-o‘ringa ko‘tarilgan klub tarixiga o‘z nomini yozdi.

Bu ertakga qaramay, Ranyeri «Lester»ni faoliyatidagi asosiy klub deb hisoblamaydi.

– «Kalyari» menga qo‘ng‘iroq qilganida, men rad eta olmadim. Men uchun «Kalyari» «Lester»dan muhimroq. Men buni chin dildan aytyapman», – deya Ranyerining so‘zlarini keltiradi «Corriere Della Serra».

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter