Jud Bellingem jarohatidan forig‘ bo‘lish uchun qattiq ishlamoqda

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem yelkasini operasiya qildirganidan so‘ng tezroq o‘yinlarga qaytish uchun jiddiy mehnat qilmoqda.

Alvaro Esteban xabariga ko‘ra, 22 yoshli ingliz «qirollik klubi»ning Valdebebasdagi bazasida kuniga 6-7 soat mashq qilmoqda. U iloji boricha tezroq optimal formasini tiklab olmoqchi.

Jud hali yangi mavsumda birorta o‘yinda maydonga tushmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter