Jiru Fransiya terma jamoasidagi orzusi haqida gapirdi
«Milan» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Olivye Jiru futboldagi yaqin oradagi maqsadi haqida gapirdi.
«Mening orzum bu Yevro-2024’dagi g‘alabadir. Bu mening Fransiya terma jamoasidagi so‘nggi turnirim bo‘ladi. “Milan” va Fransiya terma jamoasi bilan eng yuqori saviyada o‘yinni yakunlash men uchun eng yaxshi qaror», – deb hujumchining so‘zlarini keltiradi Milan News.
Joriy yilning iyun-iyul oylarida Germaniyada Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/