Adli “Ash-SHabab»ga o‘tsa, qancha maosh olishi ma’lum

«Milan» hujumkor yarim himoyachisi Yasin Adli faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga tayyor.

Futbolchi «Ash-SHabab» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.

Qayd etilishicha, 25 yoshli fransiyalik xavbek BAA klubi bilan uch yillik bitim imzolashi kutilmoqda.

Adlining o‘zi esa mavsumiga 7 million yevro atrofida maosh oladi. Bu esa hozirgi ish haqidan kamida uch baravar ko‘p.

Eslatib o‘tamiz, Yasin o‘tgan mavsumni “Fiorentina” klubida o‘tkazgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter