Karrasko «Ash-SHabab» bilan kelishuvga erishdi
Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Yannik Karrasko “Ash-SHabab” bilan kelishuvga erishdi.
Insayder Santi Unaning so‘zlariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga tayyor, biroq avvalo “Atletiko” qoniqarli miqdorda tovon puli olishi kerak.
Manbaning xabar berishicha, yaqin orada Karraskoning agenti Pini Zaxavi belgiyalik futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan «matraschilar»ga taqdim etadi. Yannik uning transferi transfer oynasi tugaguniga qadar kelishib olinishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Karraskoga avvalroq «Barselona» qiziqish bildirgandi, ammo «ko‘k-anorranglilar» bu transferdan bosh tortgan edi. 29 yoshli belgiyalik futbolchining «Atletiko» bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/