Alisher Yusupov: “Jamoamiz oldiga aniq maqsadlar qo‘yilgan”

Futzal bo‘yicha Oliy liga 1‑turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Neftchi” (6:2) uchrashuvidan so‘ng qarshiliklar ustozi Alisher Yusupov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Neftchi”ga qarshi o‘yin va natijadan qoniqdim. Xatolarimiz bor, lekin ular ustida ishlashda davom etamiz. Keyingi turlarga jiddiy tayyorsharlik ko‘ramiz. Jamoamiz oldiga qo‘yilgan aniq maqsadlar bor. Bunga erisha olamiz. Bugungi bahsda yigitlarning harakteri va o‘yinga bo‘lgan munosabati menga ma’qul keldi. Oxirigacha kurashdi va sustkashlikka yo‘l qo‘ymadi”, – deydi Yusupov.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter