Dzyudo. Bugun yakkalik bahslarini ikki sportchimiz yakunlab beradi

Bugun Abu-Dabida o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida yakkalik bahslari o‘z yakuniga yetadi. Eng og‘ir vazn toifalarida kechadigan bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Rinata Ilmatova hamda o‘tgan yilgi dunyo birinchiligining bronza medali sohibi Alisher Yusupov tatamiga chiqishadi.

Ularning ilk raqiblari bilan tanishing:

+100 kg: Alisher Yusupov – Azamat Chotchayev (Bahrayn) / Yerrasil Kajibayev (Qozog‘iston)
+78 kg: Rinata Ilmatova – Lea Fonten (Fransiya).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter