«Barselona» Reshforddan mamnun
Yaqinda El Nacional nashri sahifalarida «Barselona» ijaraga olgan Markus Reshfordni «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkinligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu ma’lumotni ispaniyalik jurnalist Gilyam Balage rad etdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Barselona» ingliz futbolchisidan mamnun. Kataloniya klubi murabbiylar shtabi Reshford formasini tiklab, barqaror o‘sib borishiga ishonmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» u bilan vaqtli xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Reshford joriy mavsum yakuniga qadar «Barselona» sharafini himoya qiladi. Hozircha hujumchi Ispaniyada uchta o‘yinda maydonga tushdi, biroq golli harakatlar amalga oshirmadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/