«Roma» sobiq bosh direktori Mourinyo haqida fikr bildirdi
O‘tmishda «Roma»da bosh direktor lavozimida ishlagan Gvido Fiyenga 2021-2024 yillarda «bo‘rilar»ni boshqargan murabbiy Joze Mourinyoga tavsif berdi.
«Mourinyo haqida ko‘p gapirishim mumkin. Uni uch so‘z bilan qanday ta’riflagan bo‘lardim? Aqlli, o‘z ishida tajribali, lekin men uchinchi so‘zni ayta olmayman», – deya Fiyenganing so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.
Mourinyo «Roma»ni 2021/22 yilgi mavsumda UYEFA Konferensiyalar ligasida g‘alaba qozonishga olib keldi. Chempionatda rimliklar ikki marta oltinchi o‘rinni egallashdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/