«Liverpul» futbolchisi: «Yozda takliflar bo‘lgandi»
«Liverpul» chap qanot himoyachisi Endryu Robertson yozda boshqa jamoalardan takliflar bo‘lganini ta’kidladi.
«Menda variantlar bor edi va biz ularni oilamiz bilan o‘rgandik. Ammo hammasi yuragim Liverpulniki ekaniga borib taqalardi, biz qolishni istardik. Biz u yerda yashashni yaxshi ko‘ramiz, «Liverpul» dunyodagi eng katta klublardan biri.
Mavsum juda uzoq davom etadi va ko‘p daqiqalarni maydonda o‘tkazishimga ishonaman», – dedi 31 yoshli shotlandiyalik fullbek.
Robertsonning shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/