«Liverpul» himoyachisi jiddiy jarohatdan qutulib qoldi

«Liverpul» va Shotlandiya terma jamoasi himoyachisi Endryu Robertson Shotlandiya terma jamoasining so‘nggi o‘yinida jarohat oldi. Uning jamoasi 26 mart kuni Shimoliy Irlandiya termasiga qarshi o‘ynadi, Robertson uchrashuvning 36-daqiqasida maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, shotlandiyalik futbolchi to‘pig‘iga jiddiy shikast yetkazmaslikka muvaffaq bo‘lgan. Biroq uning navbatdagi APL doirasidagi «Brayton»ga qarshi o‘yinida «qizillar»ga yordam bera olishi so‘roq ostida.

Eslatib o‘tamiz, Robertson bu mavsumda yelkasidan jiddiy jarohat olgan edi. O‘shanda shotlandiyalik futbolchi Ispaniya terma jamoasiga qarshi kuzda bo‘lib o‘tgan o‘yinda sodir bo‘lgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter