Flik Reshfordni ogohlantirdi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik vinger Markus Reshfordning hozirgi formasidan mamnun emas.

Angliyalik futbolchi «ko‘k-anorranglilar»ning joriy La Ligadagi uchta o‘yinida ham maydonga tushgan, biroq faqat bir marta asosiy tarkibdan joy olgan xolos.

Xabarlarga ko‘ra, Flik Reshfordni ogohlantirgan: murabbiy 27 yoshli futbolchini ko‘proq daqiqa olishni istasa, jismoniy tayyorgarligini oshirishga chaqirgan.

Mutaxassisning futbolchining ruhiy holatidan ham shikoyatlari bor, deya xabar beradi manba.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter