Sautgeyt Reshfordni nima uchun zaxiraga olganini tushuntirdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt hujumchi Markus Reshfordning jarohati haqida gapirdi.

Hujumchi 2024 yili bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati saralashi doirasida Maltaga qarshi o‘yinda (2:0) himoyachi Trent Aleksandr-Arnold bilan to‘qnashib ketgan edi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi va uning o‘rnini yarim himoyachi Koul Palmer egalladi.

«Menimcha, u yaxshi. Biz shunchaki to‘qnashuvni hisobga olsak, bu Koulni o‘yinga kiritish imkoniyati deb o‘ylagandik.

Menimcha, Markus maydonni tark etganida yaxshi edi», – dedi Sautgeyt.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter