Gattuzo Italiya boshqaruvida XXI asrda ilk o‘yinda g‘alaba qozongan uchinchi murabbiy bo‘ldi

Italiya terma jamoasi Jennaro Gattuzo boshchiligidagi dastlabki o‘yinda estoniyalik raqiblarini dog‘da qoldirdi (5:0).

Gattuzo XXI asr boshidan beri Italiya terma jamoasi boshqaruvida debyut o‘yinida g‘alaba qozongan uchinchi murabbiy bo‘ldi, deya xabar beradi Opta. Bungacha faqat Antonio Konte (2014 yil sentyabrida Niderlandiya bilan 2:0) va Roberto Manchini (2018 yil mayida Saudiya Arabistoni bilan 2:1) bunga erishgandi.

Iyun oyida Italiyada Luchano Spalletti o‘rniga Jennaro Gattuzo tayinlangandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter